Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universitetining 18 nafar pedagog xodimlari “El-yurt umidi” jamg‘armasi ilk stipendiatlariga ega bo‘lishdi

15.06.2019 00:00

Toshkent davlat agrar universitetining 18 nafar pedagog xodimlari “El-yurt umidi” jamg‘armasi ilk stipendiatlariga ega bo‘lishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining dasturlari bo‘yicha kadrlarni o‘qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4091- sonli qaroriga muvofiq joriy yilda Toshkent davlat agrar universitetidan 109 nafar nomzod “El-yurt umidi” jamg‘armasi 1-stipendiyasi tanloviga ishtirok etishdi.

Tanlovda muvofaqiyatli ishtirok etgan 2 nafar doktorantura dasturi, 7 nafar malaka oshirish dasturi hamda 9 nafar stajirovka o‘tash dasturlari bo‘yicha, jami 18 nafar pedagog xodimlarimizga 2019 yil 8 iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida stipendiantlik sertifikatlari topshirildi. Stipendiantlar AQSh, Germaniya, Avstriya, Polsha, Latviya, Xitoy hamda Rossiya kabi davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida doktoranturada o‘qish, stajirovka o‘tash va malaka oshirib, mamlakatimiz ilim-fanini rivojlantirishga o‘z xissalarini qo‘shishadi degan umiddamiz.