Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda

07.01.2019 00:00

Tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 dekabrdagi 03/1-3184-sonli topshirig‘iga asosan 2019 yil 7-15 yanvar kunlari tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda

O‘quv mashg‘ulotlari 4 ta xudud bo‘yicha tashkil etilishi belgilangan:
1-hudud: Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari - Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filialida;
2-hudud: Toshkent Jizzax va Sirdaryo viloyatlari - Toshkent davlat agrar universitetida:
3-hudud: Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari - Samarqand veterinariya meditsinasi institutida;
4-hudud: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari - Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialida.
O‘quv mashg‘ulotlarida jami 159 nafar tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.