Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Turkmanistonlik bir guruh olimlar Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati bilan tanishdi

18.10.2019 00:00

Turkmanistonlik bir guruh olimlar Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati bilan tanishdi

Turkmanistonning bir guruh olimlari va qishloq xo‘jaligi mutaxassislari joriy yilning 10-20 oktyabr kunlari O‘zbekistonning iqlim sharoitlari va qishloq xo‘jaligi sohasidagi yangiliklar bilan tanishish uchun poytaxtda bo‘lib turibdi.

Kuni kecha mazkur delegatsiya vakillari Toshkent davlat agrar universitetiga tashrif buyurdi. Davra suhbati ikki mamlakatning mutaxassislari sohasi bo‘yicha fikr almashdi, shuningdek, universitet faoliyatiga oid prezentatsiyalar qilindi.

Xalqaro ekspert, trener, olim va mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy hamkorlik BMT Taraqqiyot dasturining “Turkmanistonning qurg‘oq hududlarida qishloq xo‘jaligi biologik xilma-xillik barqarorligini saqlashni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Bu kabi davra suhbatlari Samarqand va Buxoro viloyatlarida ham davom etadi.