Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

USAID navbatdagi biznes g'oyalar tanlovini e'lon qildi

23.09.2021 00:00

USAID navbatdagi biznes g'oyalar tanlovini e'lon qildi

USAIDning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi Agrobiznesni rivojlantirish jamg'armasi doirasida xususiy mahaliy agroturizm korxonalari orasida, ularning mahsulot va xizmatlariga qo'shimcha qiymat qo'shish, raqobatbardoshliligini oshirish, yangi ish o'rinlarni yaratish hamda mahaliy va mintaqaviy turizmni rivojlantirish maqsadida navbatdagi biznes g'oyalar tanlovini e'lon qiladi!

Arizalarni (konsepsiya hujjatlari) taqdim etish sanasi 2021-yil 21-sentyabrdan 2021- yil 15-oktyabr sanasigacha.

Loyiha agroturizm yo'nalishida taqdim etilgan biznes g'oyalar aks ettirilgan arizalarni (kontseptsiya hujjatlarni) qabul qiladi. Loyiha birgalikda investitsiyalar kiritish uchun 5 ta nomzod tanlash ko'zda tutilgan bo'lib, loyiha tarafidan kiritilishi kutilayotgan sarmoya miqdori 100 mln. so'mdan 300 mln. so'mgacha miqdorda bo'lishi mumkin. Loyiha, hususan, ayollar va yoshlar boshqaruvidagi yoki ularni ish bilan ta'minlovchi, koxonalardan biznes g'oyalar bo'yicha takliflarni kutib qoladi.

Tanlov shartlari bilan tanishish va arizaning elektron nusxasini yuklab olish uchun ushbu havolani bosing: havola 

Ushbu e'longa oid barcha savollarni va/yoki izohlarni fund@uzada.org elektron pochta manzili orqali yuborishingiz mumkin. Tanlov bo'yicha yangiliklar va boshqa ma'lumotlar Agrobiznesni rivojlantirish jamg'armasi telegram kanali orqali berib boriladi.