Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

“Yangi Yulduzlar” Finalda

13.11.2019 00:00

“Yangi Yulduzlar” Finalda

Bugun 13 noyabr kuni Turkiston san’at saroyida Respublika “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 1-yarimfinal bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent davlat agrar universitetining «Yangi Yulduzlar», Andijon mashinasozlik institutining «Beklar», “Uz-Kor Gas Chemical” O‘zbekiston-Korea qo‘shma korxonasiining «Ustyurt Yulduzlar», Novoiy davlat konchilik inistituti «TВT» va Toshkent davlat sharkshunoslik institutining «Sharqona» jamolari bahs olib borishdi.

Bahslarda tajriba va jamoaviy birdamlik o‘z so‘zini aytdi. Yakuniy natijaga ko‘ra Toshkent davlat agrar universitetining «Yangi Yulduzlar» jamoasi final bellashuvining ishtirokchisiga aylandi.

«Yangi Yulduzlar» omad yor bo‘lsin!