Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov boshchiligidagi bir guruh professor-o'qituvchilar Qozogʻistonning Olmaota shahrida boʻlib oʻtayotgan muhim xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda. “Silk Road Agricultural Education and Research Innovation Alliance” tomonidan tashkil etilgan 10 yillik anʼanaviy konferensiya davomida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari agrar universitetlari rektorlarining 4-Forumi ham bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda qishloq xoʻjaligi taʼlimi, ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinmoqda. Forumning asosiy maqsadi ilmiy va oliy taʼlimdagi hamkorlikni chuqurlashtirish hamda kelajak qishloq xoʻjaligini birgalikda rivojlantirish.
Tadbir davomida turli davlatlardan hukumat vakillari, yetakchi mutaxassislar va olimlar o‘z tajriba va qarashlarini bayon etdi. Ushbu xalqaro uchrashuv Toshkent davlat agrar universitetining global miqyosdagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim qadamlardan biri boʻlib xizmat qiladi




