logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi O‘zbek tili bayrami munosabati Adiblar xiyobonida boʻlib oʻtgan madaniy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etishdi

view 236

21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan bayram tadbirida faol ishtirok etdi.
Bugun siz-u bizga birdek aziz bo‘lgan ona tilimizni ulug‘lashdek muhtaram kunda diydor ko‘rishish barchaga alohida zavq bag‘ishladi. “O‘zbekiston — milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” degan bosh g‘oya asosida mamlakatimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan adabiy-ma’rifiy tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi jamoasi, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari, “Bo‘ston” notiqlari, Universitet Yoshlar ittifoqi faol a’zolari hamda “Bo‘ston” ashula va raqs ansambli xonandalari faol ishtirok etdilar.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi, iqtidorli yoshlarning bayramona chiqishlari barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.