Darsni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J. Lapasov olib bordi. Maʼrifat darsining asosiy maqsadi — talabalarda Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidagi oʻrni va roli haqida chuqur tasavvur hosil qilish, ularni global jarayonlarda faol fuqarolar sifatida shakllantirishdan iborat. Tadbir davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizning xalqaro maydonda erishgan yutuqlari, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan ochiq va tinchlikparvar tashqi siyosat, xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT doirasida ilgari surilayotgan tashabbuslar haqida so‘z yuritildi.
Dars jarayoni videolavhalar, interaktiv usullar va fikr almashinuvi asosida tashkil etildi. Talabalar Oʻzbekistonning geosiyosiy ahamiyati, mintaqaviy barqarorlik va qoʻshni davlatlar bilan doʻstona hamkorlik yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha maʼlumotga ega boʻldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


