favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining Boʻstonliq tumanidagi 5,4 gektar maydondagi “Yusufxona” oʻquv amaliyoti maskani boʻyicha tender e’lon qiladi.

view 74

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 30.1-bandida Toshkent davlat agrar universitetining Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi 5,4 gektar maydonda “Yusufxona” oʻquv amaliyoti maskanini davlat xususiy-sheriklik asosida professor-oʻqituvchilar, talabalar va vazirlik hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun dam olish maskani, oʻquv markazi va boshqa qulay shart-sharoitlarga ega boʻlgan binolarni 2025-yilda qurish ishlarini yakunlash belgilangan.

Toshkent davlat agrar universitetining Boʻstonliq tumanidagi 5,4 gektar maydondagi “yusufxona” oʻquv amaliyoti maskanini davlat xususiy-sheriklik asosida xususiy sektorni jalb qilgan holda rekonstruksiya qilish, zamonaviy jihozlash, professor-oʻqituvchilar, talabalar va vazirlik hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun dam olish maskani, oʻquv markazi va boshqa qulay shart-sharoitlarga ega boʻlgan binolarni qurish boʻyicha tashabbo‘zkor o‘z takliflarni https://tdau.uz/elon joylashi yoki Toshkent viloyati, Qibray tumani, oybek MFY, Universitet ko‘chasi 2-uy TashDAUning murojatlar bo‘limiga tender xujjatlarinni qabul qilamiz. Murojaat: (998-71) 260-48-00, (998-71) 260-38-60

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.