logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agraruniversiteti 95-yilligi hamda «Yangi Oʻzbekiston yoshlari – Uchinchi Renessans bunyodkorlari» mavsumi doirasida «Chempion tadbirkorlar» bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

view 21

Uchrashuv davomida yoshlar bilan o‘zining boy tajribasi va muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘li bilan bo‘lishgan mehmon – “QO‘NOQ HOTELS” mehmonxonalar tarmog‘i (Toshkent xalqaro aeroporti va Markaziy temir yo‘l vokzallarida faoliyat yuritadi) asoschisi, “World Insurance” MChJ ta’sischisi, shuningdek Rossiya, Gruziya va Birlashgan Arab Amirliklarida muvaffaqiyatli biznes va start-up loyihalar muallifi — Abdullaev Abdukayum Abdusattarovich bo‘ldi. Motivatsion davra suhbati jarayonida mehmon talabalar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, ularning g‘oyalari, rejalari va orzulari haqida so‘z yuritdi. U start-up yaratish jarayonidagi muhim bosqichlar, muvaffaqiyatli biznes yuritish sir-asrorlari, xalqaro tajriba va yosh tadbirkorlar uchun zarur bo‘lgan bilimlar haqida o‘z tajribasidan misollar keltirdi.

Shuningdek jarayon davomida faol ishtirok etgan talabaga "QOʻNOQ HOTELS" Mehmonasidan foydalanish uchun ikki kunlik vaucher sovgʻa qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.