Toshkent davlat agrar universitetning "Oʻsimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik" fakultetining professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda dengiz sathidan 1600 metr balandlikda joylashgan Chotqol togʻ tizmalarida tarqalgan tuproqlarning morfologik belgilari hamda oʻsimliklarning zarar kundalariga qarshi oʻquv dars mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
Ular Agrokimyo va tuproqshunoslik, oʻsimliklarni himoya qilish dorivor oʻsimlikshunoslik, oʻrmonchilik va ekologiya fanlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar bilan uygʻunlashgan holda nazariy bilim va muhim koʻnikmalarni egallamoqda.
Shuningdek o'qing


