Axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etiladigan ma’lumotlar

24-12-2016 | 12:00 1219

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasiga muvofiq Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati bo‘yicha axborotdan foydalanuvchilarga quyidagi ma'lumotlar tegishli tartibda taqdim etiladi:

— Universitetning huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;

— Universitet tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, normativ hamda boshqa hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishining borishi hamda ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

— Universitet tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarning amalga oshirilishi, institut bo‘limlari faoliyatiga oid hisobotlar, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tezkor ma'lumotlar;

—Universitetda o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

— Universitetning boshqa organlar, fuqarolar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

— amalga oshirilishida institut ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

— Universitetda o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

— Universitet markaziy apparatidagi bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

— Universitetning Ilmiy kengash majlislarini o‘tkazish rejalari, shu jumladan, majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt, majlislarda hozir bo‘lish tartibi;

— Universitetning Kengashlari faoliyatiga oid ma'lumotlar;

— Universitetda qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar, fuqarolarning shikoyat va arizalari bilan ishlash to‘g‘risida ma'lumotlar.

Universitet faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma'lumotlar ham kiritilishi mumkin.