Grantlar, tanlovlar

24-12-2016 | 12:00 1445

Talabalar uchun yana bir imtiyoz

«Ta’lim granti» va «Kasaba uyushmalari stipendiyasi» loyihalari to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning 282-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston“Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Kasaba uyushmasi Federatsiyasi Kengashi Rayosati «Ta’lim granti» va «Kasaba uyushmalari stipendiyasi» loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida Qo‘shma Qaror qabul qildi.

Ushbu Tartib “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin yetim, Mexribonlik uyida tarbiyalangan va ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan, kam ta’minlangan oilalardagi iqtidorli talabalarning xarakati, bilimi va intilishini moddiy-ma’naviy rag‘batlantirishning tashkiliy masalalarini belgilaydi.

“Ta’lim granti ” va “Kasaba uyushmalari stipendiyasi” loyihalarining asosiy maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning munosib ta’lim-tarbiya olishida ko‘maklashish, ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash hamda iqtidorli va faolligini rag‘batlantirishdan iborat.

“Ta’lim granti” va “Kasaba uyushmalari stipendiyasi” loyihalarida oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 1-3 bosqichlarda to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin yetim, Mehribonlik uyida tarbiyalangan va ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan, kam ta’minlangan oilalardagi iqtidorli talabalar ishtirok eta oladilar.

 

Loyiha ishtirokchilariga talablar:

 

  •  Ishtirokchi talabaning iqtidori, erishgan yutuqlari, jamoat ishlarida faolligi va moddiy yordamga muhtojligi;
  •  Talabaning hulq-atovri va OTMning ichki tartib-qoidasiga rioya etishi.

Ishtirokchi Ishchi guruhga quyidagi ishlarni taqdim etadi:

 

  • Ariza
  • Anketa
  • Fuqarollik pasporti va tug‘ilgan to‘g‘risidagi guvoxnoma nusxalari
  • Talabaligi to‘g‘risida OTMdan ma’lumotnoma
  • Talabaning hulq-atovri va OTMning ichki tartib-qoidasiga rioya etishi to‘g‘risida dekanatdan tavsiyanoma
  • Chin yetim talaba ota-onasining vafot etganligi to‘g‘risida guvoxnoma nusxalari
  • Ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan talaba sud qarori nusxasi;
  • Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan talaba Mehribonlik uyidan o‘rnatilgan tartibdagi ma’lumotnoma
  • Kaa ta’mnlangan oiladagi iqtidorli talaba doimiy yashash joyidan mahalla fuqarolar yig‘inidan o‘rnatilgan tartibdagi ma’lumotnoma
  • Erishgan yutuqlari, jamoat ishlaridagi faolligi haqida qo‘shimcha xujjatlar (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va h.k)
  • Iqtidorini yoritadigan ijodiy ishlari (rasmlar, badiy fotosuratlar, maqolalar, she’riy to‘plamlar va h.k)
  • Talabaning reyting daftarchasidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi.