E’lon qilinishi mumkin bo’lmagan axborotlar ro’yxati

06-01-2017 | 12:00 1077

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq quyidagi ma'lumotlar axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etilmaydi:

— universitetning faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga kirmaydigan huquqiy-normativ hujjatlar;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlarining alohida bandlarida belgilangan ma'lumotlar;

— maxfiy va xizmat doirasida foydalanish uchun (XDFU) belgisi qo‘yilgan hujjatlarda keltirilgan ma'lumotlar;

— ichki yozishmalar;

— universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari, ishchi-xizmatchilarining shaxsiga oid ma'lumotlar;

— tijorat sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar;

— milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, sud, ichki ishlar va boshqa nazorat qiluvchi organlar axborotnomalarida keltirilgan boshqa ma'lumotlar.