Eslatma

24-12-2016 | 12:00 415

ESLATMA

1. Magistratura bo‘limiga hujjat topshirgan fuqarolar kirish yozma sinovlariga  ruxsatnomani 2017 yil 2-3 avgust kunlari qabul komissiyasining magistraturaga qabul qilish bo‘limidan oladi. 
2. Magistraturaga kirish yozma sinovlari Mutaxassislik, Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari, Infarmatika, Chet tili fanlaridan va suhbat 2017 yilning 4-10 avgust kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.
3. Mutaxassilik fanlarining maksimal reyting balli 100 ball, Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari fanining maksimal reyting balli 50 ball, Chet tili fani maksimal reyting balli 50 ball, Infarmatika fani maksimal reyting balli 50 ball, Suhbat 50 ball, Diplom ilovasining maksimal reyting balli 100 ball, jami 400 ballik tizim qabul qilingan. 
4. Yozma sinovlar ertalab soat 8-30 da boshlanib 12-00 gacha davom etadi. Yozma sinovlarga kirishda pasport va ruxsatnoma shaxsan ko‘rsatiladi. Sinovlar boshlangandan so‘ng unga kechikib kelganlar sinovga kiritilmaydi.
5. Yozma sinovlarga kiruvchilar universitetda o‘rnatilgan kiyinish madaniyatiga (o‘g‘il bolalarning sport kiyimida, maykada, shortiqda yurishi taqiqlangan; qizlarning sport kiyimida, diniy ibodat kiyimlarida, odamlar diqqatini tortadigan mayka, mini yubka, shortik va boshqa umume'tirof etilgan axloq-odob normalariga zid keluvchi kiyimlarda yurishi, g‘ayritabiiy taqinchoqlar taqib olishi, pardoz-andozni me'yoridan ortiqcha qo‘llashi taqiqlangan degan qoidalar) to‘la amal qilishi talab etiladi
6. Yozma sinovlarda fuqarolar mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon aloqa vositalari, shpargalkalar, qalbaki yozma sinov blankalaridan foydalanish man etiladi, aks holda fuqaro yozma  sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, u yozma sinovidan chetlashtiriladi. 
7. Umumiy yozma sinovlar natijalari 2017 yil 12-14 avgust kunlari e'lon qilinadi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganlar 2017 yilning    1 sentyabridan ToshDAU Magistratura bo‘limiga o‘qishga qabul qilinadi. Shartnoma asosida o‘qishga tavsiya etilganlarga shartnoma mablag‘larini  to‘lash muddati qo‘shimcha e'lon qilinadi.