Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to`plami

24-12-2016 | 12:00 909

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI 2018 YIL 1-BOSQICHI UCHUN TAYANCH DOKTORANTURA VA DOKTORANTURADA  O‘QISHGA KIRUVCHI TALABGORLAR QABUL KOMISSIYASIGA QUYIDAGI XUJJATLARNI TAQDIM ETADILAR

  1. Universitet rektori nomiga ariza.
  2. Pasport nusxasi va so‘nggi 3 oy ichida tushgan 3,5x4,5 o‘lchamdagi 4 dona foto-surati (rasmiy kiyimda orqa tomoni oq fonda)
  3. Diplomlar:
  • (PhD)lik uchun-magistratura diplomi va diplom ilovasi yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom va diplom ilovalari nusxasi;
  • (DSc)lik uchun-oliy ma'lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

      4.Yetakchi olimlardan biri tomonidan berilgan yozma rozilik xati (namunaga muvofiq)

  • (PhD)lik uchun-ilmiy rahbar bo‘lishi shart;
  • (DSc)lik uchun-agar mavjud bo‘lsa ilmiy maslahatchidan;

      5.Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi:

      6.Ma'lumotnoma-ob'ektivka (rus va o‘zbek tillarida, qog‘oz va elektron nusxalarda ilovada keltirilgan namuna talablariga qat'iy rioya qilinishi shart)
      7.Qisqacha biografik ma'lumotnoma, ya'ni talabgorning tarjimai holi.
      8.Doktorlik dissertatsiyaning namunaviy loyihasi, ish dasturi va rejasi. (namunaga muvofiq)
      9.Dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan 

  • (PhD)lik uchun-tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kamida ilmiy jurnallarda bitta maqola va ilmiy ishlar to‘plamiga kiritilgan ikkita tezis hamda ularning nusxalari tasdiqlangan 3.4-shaklda-ilmiy ishlar ro‘yxati bilan; (namunaga muvofiq)
  • (DSc)lik uchun-tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan keyingi e'lon qilingan kamida ilmiy jurnallarda uchta maqola va ilmiy ishlar to‘plamiga kiritilgan ikkita tezis hamda ularning nusxalari tasdiqlangan 3.4-shaklda-ilmiy ishlar ro‘yxati bilan. (namunaga muvofiq)

(PhD)lik uchun, agar mavjud bo‘lsa;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat (Guvohnoma) nusxasini taqdim etadilar
  • chet tilidan xalqaro malaka sertifikatlar

Talabgorlardan xujjatlar 2017 yilning 15 sentyabr – 15 oktyabr davrida qabul qilinadi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat 
2017 yilning 1 noyabr – 25 noyabr davrida o‘tkaziladi
.

(PhD) uchun-Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar; 

  • Mutaxassislik
  • chet tili (ta'limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. 

(DSc)lar uchun-Doktoranturada o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.
Agarda;

  • Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5),
  • TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan),
  • TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), 
  • CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

MUROJAAT UCHUN:
Manzil: 100140, Toshkent, Universitet ko‘chasi 2-uy, TDAU, Bosh bino. Ilmiy bo‘lim. 311-xona. 
Telefonlar: 260-48-60; 260-50-59. E-mail: tdau-ilmiy@mail.ru

ESLATMA: Ushbu xujjatlar yig‘ma jildi ro‘yxatda keltirilgan ketma-ketlik bo‘yicha qattiq fayl papkaga solingan holda, 15 sentyabr-15 oktyabr mobaynida, xaftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 1400dan 1700gacha qabul qilinadi. 

TDAU QABUL KOMISSIYASI

  • Справка (Объективка ) образец  - скачать 

  • Ma'lumotnoma  (Объективка ) namunasi - ko'chirish
  • Ariza namunasi - ko'chirish
  • Yetakchi olimlardan birining talabgorga ilmiy rahbari sifatida belgilash yuzasidan yozma rozilik xati namunasi - ko'chirish
  • Talabgor F.I.Shning ilmiy ishlari ro‘yxati - ko'chirish