Jalb etilgan sarmoyalar va grandlar

24-12-2016 | 12:00 858

Har yili TEMPUS tanlovlarida yevropa universitetlari bilan hamkorlikda dolzarb masalalarga qaratilgan loyixalar bilan ishtirok etmoqda.

Hozirgacha TEMPUS-DESPES, TEMPUS-SESSAPE va TEMPUS-EPASAT loyixalari muvafaqqiyatli bajarildi. Xozirda TEMPUS-SAMUz, TEMPUS-INOCAST va CANEM 2 loyixalari amalga oshirilmoqda. Germaniyaning Waynshtefan-Triyezdorf universiteti bilan aloqalar yo’lga qo’yilgan bo’lib, xar yili universitetning «Agrar menejment» mutaxassisligi magistraturasida taxsil olish uchun tanlovlar o’tkazilib kelinmoqda. Tanlovlardan xar yili 3-4 nafar universitetning bitiruvchilari muvafaqqiyatli o’tmoqdalar va Germaniyada o’qishlarini davom ettirmoqdalar.

TEMPUS loyixalarining bajarilish jarayonida institutning moddiy texnika bazasi yaxshilanmoqda. Masalan, TEMPUS-EPASAT loyixasi ko’magida 14 ming yevrolik, TEMPUS-SAMUz loyixasi ko’magida 21138 yevrolik kompyuterlar va boshqa anjomlar keltirilib, o’quv jarayonida qo’llanilmoqda. TEMPUS-INOCAST loyixasi bo’yicha, 2016 yilda texnika jixozlari keltirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyixalarning bajarilishi jarayonida faqatgina 2015 yilda institutning 16 nafar professor-o’qituvchilari Yevropa universitetlarida malaka oshirib qaytdilar.

2016 yili universitet yevropa Ittifoqining ERASMUS+ tashkiloti tanlovlarida Germaniyaning Lepsig universiteti bilan xamkorlikda MAGNET loyixasi bilan va Italiyaning Akvila universiteti bilan xamkorlikda PAWER loyixalari bilan ishtirok etmoqda. 

2016 yil avgust oyining boshlarida e’lon qilingan ERASMUS+ tanlov natijalariga ko’ra, MAGNET va PAWER loyixalari g’olib deb topilib, 2016 yil 15 oktyabrdan moliyalashtiriladigan bo’ldi. 

xab3.jpg 

S.Adilov TEMPUS-SAMUz loyixasining birinchi yig’ilishida (Germaniya, Gissen).