Stipendiyalar

24-12-2016 | 12:00 1495

Stipendiya miqdori:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 17 avgustdagi “Oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalar to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi 344-son qarori bilan 2001 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat grantlari bo‘yicha va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning kunduzgi shaklida ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtlarining barcha talabalarini (xorijiy mamlakatlar talabalaridan tashqari) stipendiya bilan ta’minlash joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra talabalarning o‘zlashtirishiga qarab stipendiyalarga tabaqalashtirilgan koeffitsiyentlar joriy etilgan. Bugungi kunga qadar respublika oliy ta’lim muassasalarida mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatgichiga qarab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 3 sentyabrdagi "Ish xaqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi 370-sonli buyrug‘i asosida stipendiyalar to‘lanadi.