Toshkent davlat agrar universitetida ilm-fan va taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirilib borilmoqda. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliygohi — Guangdong Ocean University bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida tashkil etilgan malaka oshirish va stajirovka dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur dasturning asosiy yo‘nalishlari akvakultura va qirg‘oq qishloq xo‘jaligi sohalarida ilg‘or ilmiy-amaliy tajribalarni o‘rganishga qaratildi. Unda universitetimizning professor-o‘qituvchilari, magistrantlari hamda doktorantlari faol ishtirok etdilar
Ijtimoiy tarmoqlar: