favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

San’at va ilm uyg‘unligi

view 56

Toshkent davlat agrar universitetida “Art galereya” tashkil qilinadi! Bugun universitetimizda o‘zgacha madaniy muhitda rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 30 dan ortiq noyob san’at asarlari universitet fondiga sovg‘a qilindi. Ko‘rgazma davomida auksion ham tashkil etildi. Universitet rektori N.Oblomuradov shaxsiy namuna sifatida “Anor” nomli asarni xarid qilib, bu borada o‘ziga xos tashabbus ko‘rsatdi. Rektordan ilhomlangan holda, har bir fakultet dekani ham o‘z fakultetlariga san’at asarlarini xarid qildi.

Ushbu bebaho asarlar asosida “Art galereya” tashkil etilishi rejalashtirilmoqda va bu universitet hayotiga yangi estetik nafas olib kiradi!

Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

Ташкентский государственный аграрный университет — с 95-летней историей, передовой наукой и инновациями ещё больше укрепляет аграрный потенциал нашей страны.