Toşkent davlat agrar universitetiga Germaniyaning qişloq xöjaligi, agrar texnika va kasbiy taʼlim yönalişlarida faoliyat yurituvçi DEULA-Nienburg taʼlim markazi direktori Aleksandr Zharov boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Narzullo Oblomuradov boşçiligidagi universitet vakillari kutib oldi. Uçraşuvda ikki tomonlama ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantiriş, zamonaviy kasbiy taʼlimni yölga qöyiş, professor-öqituvçilar va talabalar uçun malaka oşiriş dasturlarini taşkil etiş hamda xalqaro tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Taşrif doirasida Germaniya delegatsiyasi universitet talabalari bilan ham oçiq muloqot ötkazdi. Unda DEULA-Nienburg faoliyati, Germaniyada talabalar amaliyotini taşkil etiş tizimi, qişloq xöjaligida zamonaviy texnologiyalarni qöllaş va agrar texnikadan samarali foydalaniş böyiça maʼlumotlar berildi. Muloqot davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olib, Germaniyada taʼlim oliş, kasbiy tajriba orttiriş va xalqaro amaliyot dasturlarida iştirok etiş imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdilar.
Социальные сети :
Также читайте:
Нет записей







