logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar departamenti

Zarifbaev Jasur Shavkatovich

Zarifbaev Jasur Shavkatovich

Departament boshlig'i

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar departamenti universitet fakultetlari va talabalar turar joylarida yoshlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni nazorat qilishni amalga oshiradi.

Departament fakultet dekanlari, ularning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va kafedra mudirlari tomonidan yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qiladi, ularning samaradorligini o‘rganadi hamda takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar intellektual va jismoniy kamolotini yuksalt beradi.

Shuningdek, Departament faoliyati davomida:
• Talabalarning ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni takomillashtirishga ko‘maklashadi;
• Universitetda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va shakllantirishda ishtirok etadi;
• Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishlarga oid tegishli me’yoriy hujjatlar, chora-tadbirlar dasturlari hamda ish rejalarini ishlab chiqadi;
• Fakultetlar, talabalar turar joylari va boshqa tarkibiy tuzilmalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarali tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
• Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘linmalari, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan jamg‘armalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
• Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda talabalarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar departamenti universitetning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy tuzilma hisoblanadi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.