• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Oblomuradov Narzullo Naimovich

Universitet rektori

Narzullo Oblomuradov 1993–1996 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1996–1998 yillarda «Deloyt va Tush» auditorlik tashkilotida auditor assistenti lavozimida boshlagan.

1998–2000 yillarda u O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida faoliyat yuritib, nazorat-taftish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i hamda Ichki audit bosh boshqarmasining moliyaviy-iqtisodiy tahlil va audit metodologiyasi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2000–2003 yillar oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimida turli lavozimlarda, jumladan, bo‘lim boshlig‘i, markaz direktori o‘rinbosari, Ilmiy-tadqiqot instituti guruh boshlig‘i sifatida ishlagan.

2005–2007 yillarda O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi huzuridagi “Axborot-reyting” banklararo reyting kompaniyasining bosh direktori bo‘lgan. Keyinchalik, 2007–2008 yillarda «Toshkent» Respublika fond birjasi Ekspert-tahlil markazi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

2008–2013 yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent hamda kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. 2011–2013 yillarda “O‘zbekiston biznes forumi” loyihasi rahbari sifatida ham faoliyat yuritgan.

2013–2015 yillarda Toshkent moliya institutining “Bank hisobi va audit” kafedrasi mudiri, 2015–2017 yillarda esa ushbu institutning “Byudjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakulteti, keyinchalik “Kredit-iqtisod” fakulteti dekani sifatida ishlagan.

2017–2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bosh inspektori, sho‘ba mudiri lavozimlarida ishlagan bo‘lsa, 2018–2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Xalq qabulxonalari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish sho‘basi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2020–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2021–2022 yillarda esa bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.

2022–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2023–2024 yillarda Toshkent moliya institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, 2024 yilda Toshkent davlat agrar universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2024 yildan boshlab esa ushbu universitetning rektori lavozimini egallab kelmoqda.

  • Ta'lim

    • 1993 – 1996 yy.
      Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi
    • 1996 – 1998 yy.
      Deloyt va tush auditorlik tashkiloti auditor assistenti
    • 1998 – 2000 yy.
      O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki nazorat-taftish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i, Ichki audit bosh boshqarmasi moliyaviy-iqtisodiy tahlil va audit metodologiyasi bo‘limi boshlig‘i
    • 2000 – 2003 yy.
      O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimida bo‘lim boshlig‘i, markaz direktori o‘rinbosari, ilmiy-tadqiqot instituti guruh boshlig‘i
    • 2005 – 2007 yy.
      O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi huzuridagi “Axborot-reyting” banklararo reyting kompaniyasi bosh direktori
    • 2007 – 2008 yy.
      «Toshkent» Respublika fond birjasi Ekspert-tahlil markazi boshlig‘i
    • 2008 – 2013 yy.
      Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsenti, kafedra mudiri
    • 2011 – 2013 yy.
      “O‘zbekiston biznes forumi” loyihasi rahbari (o‘rindoshlik asosida)
    • 2013 – 2015 yy.
      Toshkent moliya instituti “Bank hisobi va audit” kafedrasi mudiri
    • 2015 – 2017 yy.
      Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakulteti, keyinchalik “Kredit-iqtisod” fakulteti dekani
    • 2017 – 2018 yy
      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bosh inspektori, sho‘ba mudiri
    • 2018 – 2020 yy.
      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Xalq qabulxonalari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish sho‘basi mudiri
    • 2020 – 2021 yy.
      O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
    • 2021 – 2022 yy.
      O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi
    • 2021 – 2022 yy.
      O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi
    • 2022 – 2023 yy.
      O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri o‘rinbosari
    • 2023 - 2024 yy.
      Toshkent moliya institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
    • 2024 – 2024 yy
      Toshkent davlat agrar universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
    • 2024 - hozirgacha
      Toshkent davlat agrar universiteti rektori