logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Korrupsiyaga qarshi kurashish «Koplaens – nazorat» tizimini boshqarish bo’limi

Murojaat uchun:

ANTIKOR — Toshkent davlat agrar universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligi va shaffoflikni ta’minlash maqsadida yaratilgan Telegram bot.

Telegram botga kirish

Toshkent davlat agrar universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining asosiy maqsadi – Universitetda korrupsiya holatlarining oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish, komplaens madaniyatini shakllantirish, halollik siyosatini ta’minlash, xodimlar va umuman jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish, yuksak xulq-atvor standartlariga muvofiqlik, shuningdek lavozim (xizmat) majburiyatlarini bajarish chog‘ida universitet xodimlari tomonidan korrupsiyaviy harakatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslikka doir pozitsiya faoliyatlarini ifodalaydi.
Bo‘lim o‘z siyosatini O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda boshqa tegishli farmon va qarorlar bo‘yicha faoliyat yuritadi

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining majburiyatlari:


  • O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;

  • Universitetda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplaens tizimining samarali ishlashini ta’minlash;

  • Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

  • Xodimlar va talabalar o‘rtasida halollik, ochiqlik va qonunga itoatkorlik tamoyillarini targ‘ib qilish;

  • Korrupsiyaga oid murojaatlarni xolisona, o‘z vaqtida va maxfiy ko‘rib chiqish;

  • Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha rahbariyatga axborot taqdim etish;

  • Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida deklaratsiya joriy etish;

  • Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni ta’qibdan himoya qilish;

  • Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar kelib tushgan ma’lumot yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazishda ishtirok etish, aniqlangan xavflar bartaraf etish choralarini ko‘rish;

  • Universitetda ISO 37001 (Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi) talablarini joriy etish choralarini ko‘rish hamda universitet rahbariyatini korrupsiyani oldini olish bo‘yicha boshqa vazifalarini bajaradi.

Toshkent davlat agrar universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati

Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati
TDAU АKАDEMIK АXLOQ KODEKSI
“KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH “KOMPLAENS NAZORAT” TIZIMINI
BOSHQARISH” BO‘LIMI NIZOMI

Bo’limga oid yangiliklar:

No posts

1930-yilda Örta Osiyo davlat universitetining qişloq xöjaligi fakulteti negizida Örta Osiyo qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi. 1934–1991-yillarda uşbu institut Toşkent qişloq xöjaligi instituti nomi bilan faoliyat yuritdi. 1991-yil aprel oyida institutga Toşkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.