Ekofaol talabalar
YAXSHIDAN BOG' QOLAR
Toshkent davlat agrar universiteti Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor D.Mamadiyarov boshchiligida fidoiy jamoamiz hamda ko’ngilli yoshlarimiz “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida universitet ilmiy-tajriba xo’jaligi qarashli 23 gektar yer maydonida 100 tup yong’oq 2000 tup olma va boshqa bir qator mevali daraxt koʻchatlari ekishdi. Shu bilan birgalikda daraxtlarning qurigan shoxlari kesildi, hasharotlar zararlamasligi uchun koʻchatlar-u daraxtlar tagi oqlandi.
TDAUda “Yashil Makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amaliy-ko‘rgazmali seminar doirasida “Qushlar uyasi” loyihasi amalga oshirildi
Toshkent davlat agrar universitetida “Yashil Makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amaliy-ko‘rgazmali seminar doirasida “Qushlar uyasi” loyihasi amalga oshirildi. Mazkur tashabbus tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash hamda yashil hududlarda qushlar populyatsiyasini ko‘paytirish maqsadida tashkil etildi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida “Yashil Makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan amaliy-ko‘rgazmali seminar doirasida archa daraxtlari ekildi
Toshkent davlat agrar universitetida qishloq xo‘jaligida ekologik barqarorlikni ta’minlash, “Yashil Makon” umummilliy loyihasini samarali amalga oshirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amaliy-ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir 2025-yilning “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan tashkil etildi.
Seminar davomida “Yashil Makon” umummilliy loyihasi doirasida atrof-muhitni obodonlashtirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida universitet hududida archa ko‘chatlari ekish tadbiri tashkil etildi. Ushbu tashabbus yashil hududlarni kengaytirish, havo sifatini yaxshilash va barqaror ekotizim yaratish maqsadida amalga oshirildi.
Ko‘chat ekish marosimida seminar ishtirokchilari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda soha mutaxassislari faol ishtirok etishdi.
OBODLIK KO’NGILDAN BOSHLANADI
TDAUda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda
Toshkent davlat agrar universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish va atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
Mazkur loyiha doirasida universitet hududida turli mevali va manzarali daraxtlar ekilib, yashil maydonlar kengaytirildi. Talabalar va ustozlar hasharlarda faol ishtirok etib, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatini amalda namoyon qilmoqdalar. Shu bilan birga, ekologik targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazilib, atrof-muhitni asrash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, TDAU jamoasi Navro‘z umumxalq bayramiga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Bahorning eng go‘zal va fayzli ayyomi munosabati bilan universitet hududida tozalash, tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.
TDAU jamoasi Navro‘z bayramini munosib tarzda nishonlash va “Yashil makon” loyihasi orqali ona tabiatga e’tibor qaratish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda.