Akademik litsey

Kahramonov Sirojiddin Kubayevich
TDAU akademik litseyi ijrochi direktori.
Tel:+998974074258, +998555030278
e-mail: kibal2000@mail.ru, s.qahramonov@tdau.uz
www: tdaual.uz
Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 2a-uy
Akademik litsey Milliy malakalar ramkasining 3-darajasiga mos keluvchi o‘rta maxsus ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan, davlat ta’lim standartlariga mos ravishda o‘rta maxsus ma’lumot beruvchi, o‘quvchilarning qiziqishi va iqtidoridan kelib chiqib, chuqurlashtirilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta’limga maqsadli yo‘naltirish, jadal intellektual rivojlanish bilan ta’minlovchi, shuningdek, maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassislik beruvchi, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq, o‘quv-pedagogik, ilmiy-metodik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi davlat ta’lim tashkiloti hisoblanadi.
Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyi 2000-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 600 o‘ringa mo‘ljallangan 4 qavatli binoda joylashgan. O‘quvchilar turar joyi 180 o‘rinli. Akademik litseyda 68 nafar xodim faoliyat olib boradi. Pedagoglar asosiy shtatda 29 nafar. Toifaga ega bo‘lgan pedagoglar ulushi 93 foizni tashkil etadi. Jumladan, 1 nafar Fan nomzodi, 15 nafar Bosh o‘qituvchi, 6 nafar Yetakchi o‘qituvchi, 6 nafar Katta o‘qituvchi, 1 nafar Oliy maʼlumotli o‘qituvchi malaka toifasiga ega.
Akademik litseyda 5 ta taʼlim yo‘nalishi (Aniq fanlar-1(iqtisod), Aniq fanlar-2(texnika), Tabiiy fanlar-1, Ijtimoiy-gumanitar fanlar-1(o‘zbek filologiyasi), Ijtimoiy-gumanitar fanlar-5 (yurisprudentsiya)) mavjud.
Jami 322 nafar (154 nafari qizlar) o‘quvchilar tahsil olib kelishmoqda.