logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda xalqaro qöşma taʼlim dasturlari Böstonliq tumani maktab bitiruvçilariga taniştirildi

view 13

Toşkent davlat agrar universiteti Qöşma taʼlim dasturlari fakulteti tomonidan 2027/2028-öquv yilida amalga oşirilişi rejalaştirilgan xalqaro qöşma taʼlim dasturlarini tarğib qiliş maqsadida Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi umumtaʼlim maktablarida uçraşuvlar taşkil etildi. Xususan, tumandagi 37-, 39-, 40- va 41-sonli umumtaʼlim maktablarining bitiruvçi sinf öquvçilari bilan muloqotlar ötkazildi. Uçraşuvlar davomida öquvçilarga Toşkent davlat agrar universiteti hamda Boşqird davlat agrar universiteti hamkorligida yölga qöyilgan Agronomiya va Örmon xöjaligi yönalişlaridagi qöşma taʼlim dasturlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Şuningdek, ikki universitet örtasidagi akademik hamkorlik, xorijda tahsil oliş imkoniyatlari, taʼlim jarayonining taşkil etilişi, xalqaro tajriba orttiriş va kelgusidagi kasbiy istiqbollar haqida tuşuntirişlar berildi. Maktab bitiruvçilari qabul jarayoni, hujjat topşiriş tartibi, taʼlim yönalişlari va xorijda tahsil oliş şartlari yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

No posts

1930-yilda Örta Osiyo davlat universitetining qişloq xöjaligi fakulteti negizida Örta Osiyo qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi. 1934–1991-yillarda uşbu institut Toşkent qişloq xöjaligi instituti nomi bilan faoliyat yuritdi. 1991-yil aprel oyida institutga Toşkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.