logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Biz haqimizda

Toşkent davlat agrar universiteti (TDAU) 1930-yilda taşkil etilgan bölib, bugungi kunda Özbekiston Respublikasining agrar ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yetakçi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri hisoblanadi.
Universitet tarkibida 9 ta fakultet va 37 ta kafedra faoliyat yuritadi. Ta’lim jarayoni 25 ta bakalavriat ta’lim yönalişi hamda 30 ga yaqin magistratura mutaxassisligi böyiça taşkil etilgan. Ayni paytda universitetda 15 000 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Universitetning professor-öqituvçilar tarkibi 562 nafar pedagogdan iborat bölib, ularning 271 nafari ilmiy darajaga ega. Jumladan, 45 nafar fan doktori va professorlar faoliyat yuritadi. Universitetning ilmiy salohiyati 71,2 foizni taşkil etadi.
TDAU xalqaro hamkorlik aloqalarini izçil rivojlantirib, AQŞ, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va boşqa mamlakatlarning nufuzli oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Universitetda 20 dan ortiq zamonaviy ilmiy laboratoriyalar faoliyat yuritadi. Ularda har yili 50 dan ortiq ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oşiriladi. Şuningdek, universitetda yiliga 8–10 ta xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya taşkil etiladi. Talabalar va professor-öqituvçilar respublika hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy, ta’limiy va kasbiy tanlovlarda munosib natijalarga erişib kelmoqda.

Toşkent davlat agrar universiteti 95 yillik boy tarixiy taraqqiyot yöli davomida mamlakat agrar tarmoğini rivojlantiriş, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş va ilmiy salohiyatni yuksaltirişga salmoqli hissa qöşib kelmoqda.
Bugungi kunda universitet faoliyati zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etiş, fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantiriş, innovatsion işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş hamda xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlikni kengaytirişga yönaltirilgan.
Boy tarixiy meros, yuqori ilmiy salohiyat, zamonaviy moddiy-texnik baza va keng xalqaro hamkorlik imkoniyatlariga ega Toşkent davlat agrar universiteti agrar ta’lim va ilm-fan rivojiga xizmat qiluvçi nufuzli ilmiy-ta’lim markazi sifatida faoliyat yuritmoqda.

1930-yilda Örta Osiyo davlat universitetining qişloq xöjaligi fakulteti negizida Örta Osiyo qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi. 1934–1991-yillarda uşbu institut Toşkent qişloq xöjaligi instituti nomi bilan faoliyat yuritdi. 1991-yil aprel oyida institutga Toşkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.