Xitoy Xalq Respublikasining Xanchjou şahrida Xalqaro ipakçilik tarmoği — International Network for Silk (INS) taşkilotining taʼsis konferensiyasi hamda ilmiy-mavzuli sessiyalari bölib ötdi. Nufuzli xalqaro anjumanda Toşkent davlat agrar universiteti Ipakçilik va tutçilik kafedrasi dotsenti N. Sohibova hamda tayanç doktoranti U. Xaqnazarova iştirok etdi. Konferensiya doirasida turli mamlakatlardan kelgan olimlar va soha mutaxassislari ipakçilik sanoatini rivojlantiriş, innovatsion texnologiyalarni joriy etiş, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Şuningdek, tayanç doktorant U. Xaqnazarova Özbekiston va Xitoy vakillari örtasidagi ilmiy muzokaralarda özbek–xitoy tillari tarjimoni sifatida ham faoliyat olib bordi. Konferensiyaning muhim natijasi sifatida Toşkent davlat agrar universiteti International Network for Silk (INS) taşkilotiga aʼzolikka qabul qilindi. Mazkur aʼzolik universitetning xalqaro ilmiy aloqalarini kengaytiriş, ipakçilik sohasida qöşma tadqiqotlarni yölga qöyiş, ilğor xorijiy tajribalarni özlaştiriş hamda xalqaro ilmiy loyihalarda iştirok etiş uçun yangi imkoniyatlar oçadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing
No posts








