Buxgalteriya
1 Toshkent davlat agrar universiteti (keyingi oʻrinlarda – Universitet deb yuritiladi) Buxgalteriyasining (keyingi o‘rinlarda – Buxgalteriya deb yuritiladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi, shuningdek, rahbar-xodimlarning funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Buxgalteriya Universitetning moliyaviy faoliyatini boshqarish uchun zarur axborotlarni jamlashlovchi tarkibiy boʻlinma hisoblanadi.
3. Buxgalteriya oʻz faoliyatida bevosita Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor va rektorga boʻysunadi.
2-bob. Buxgalteriya faoliyatining asosiy vazifalari va funksiyalari
Universitet budjet va budjetdan tashqari hisob raqamlariga kelib tushgan moliyaviy mablag‘larni,moddiy boyliklarni, asosiy mablag‘larni buxgalteriya hisob kitobida (UzASBO milliy dasturi tizimida) Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169) va boshqa me’yoriy hujjat talablari asosida tashkillashtirish va ularni to‘g‘ri aks ettirish;
Xarajatlar smetasining joriy davr hisobotini tuzish va ularni vazirlik, soliq va statistika tashkilotlariga taqdim etish;
Xodimlarning oylik maoshi va talabalarning stipendiya to‘lovlarini hisoblash va davlat budjetiga pul o‘tkazmalarini o‘z vaqtida o‘tkazilishini amalga oshirish;
Universitetning kommunal to‘lovlari va tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan hisob kitoblarini amalga oshirish;
Buxgalteriyaga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlarni to‘g‘ri va qonuniy yuritish, moddiy va moliyaviy boyliklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;
Moddiy va moliyaviy boyliklarni noto‘g‘ri va noqonuniy sarflanishini oldini olish;
Buxgalteriya hisobi usullari va formalari, schyotlarini, buxgalteriyaning hujjat aylanmalarini to‘g‘ri tashkillashtirish;
Universitet iqtisodiy siyosati sohasidagi buyruqlarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ma’muriyatni axborot bilan ta’minlash, universitetning hisob raqamidagi pul mablag‘lari harakatini tahlil qilish;
Reja-moliya bo‘limi bilan hamkorlikda ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati bo‘yicha metodik boshqaruvni va ishlarni tashkil qilinishini amalga oshirish hamda maqbul me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarish.
6. Quydagilar Buxgalteriyaning funksiyalari hisoblanadi:
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish, uning to‘liq va aniq yuritish, moliya-xo‘jalik operasiyalarnini nazorat qilish, hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini, shuningdek, buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini ta’minlash;
Budjet va Budjetdan tashqari mablag‘larni xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, moddiy boyliklari butligi ustidan nazorat qilish;
Universitetda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqish;
Xarajatlar smetasi ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
Universitetning moddiy va moliyaviy boyliklarni inventarizasiya qilishda qatnashish, inventarizasiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
Moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy boyliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o‘tkazish;
Moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
Asosiy vositalar hamda boshqa moddiy boyliklarni, ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini nazorat qilish.