Axborot resurs markazi

-
+9989777120993
-
seshanba-juma 14.00-17.00
-
y.andasbayeva@tdau.uz
Toshkent davlat agrar universiteti kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 381-sonli qaroriga asosan 2007 yildan buyon Axborot resurs markazi deb nomlangan.
ARM oʻz faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarorlari, buyruqlari, Universitet rektori buyruqlari va Toshkent davlat agrar universiteti rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nizom asosida ish faoliyatini olib boradi.
ARM umumiy maydoni 3108 m2 tashkil etadi. Kitobxonlar uchun Oʻquv va Elektron zal mavjud. ARM umumiy fondi 227 899 nom 1 085 703 nusxadan iborat. Bularga darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya, ilmiy asarlar, dissertatsiya, lugʻat, elektron adabiyotlar kiradi. Shundan: Bosma adabiyotlar 198 152 nom 1 055 961 nusxa, Elektron nashrlar 29 747 nom, Dissertatsiya va avtoreferatlar 6972 nom 6038 nusxa, Gazeta va jurnallar 7 nom 194 nusxa.
ARM da jami 24 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shundan 8 nafari mutaxassis oliy ma’lumotlilar, 9 nafari nomutaxassis oliy ma’lumotlilar, 7 nafari oʻrta maxsus ma’lumotlilar.
ARM umumiy uchta boʻlim faoliyat yuritadi.
Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish boʻlimi universitet o‘quv rejasiga muvofiq adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojni oʻrganib chiqish, o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlanganlik bazasini shakllantirish, ARM fondini tahlil qilish, fondni zarur adabiyotlari bilan butlash, tizimlashtirish, elektron katalogni yuritish, inventarizatsiya olib borish, markazning axborot-kutubxona fondini shakllantirish, markazga kelib tushgan adabiyotlarni kirim hujjatlarida qayd etish, markazning axborot-kutubxona fondi hisobini yuritish kabi vazifalarni bajaradi.
Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish boʻlimi (abonementlarga xizmat koʻrsatish, o‘quv zallari, xorijiy adabiyot va kitob saqlash) boʻlimi mahalliy va xorijiy adabiyotlarga boʻlgan ehtiyojni o‘rganib chiqish, mutaxassis kafedralardan takliflar olish, olingan takliflar asosida kutubxona fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish, kelib tushgan adabiyotlarni axborot-kutubxona fondiga qabul qilish, joylashtirish kutubxona fondidagi adabiyotlarni Universitet buxgalteriyasi bilan xatlovdan oʻtkazish, shuningdek kitobxonlarni ro‘yxatga olish, foydalanuvchilarga axborot-kutubxona fondidagi adabiyotlarni berish va ulardan qabul qilib olish, foydalanuvchilar tomonidan yoʻqotilgan adabiyotlar oʻrniga mos keluvchi adabiyotlar qabul qilish, oʻquv zallari ishlarini, o‘quv zallarida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, tegishli bo‘limlardan hujjatlar asosida o‘quv zaliga yangi nashrlarni qabul qilish, yangi nashrlar va mavzuli ko‘rgazmalar tashkil etish va nazorat qilish, kitobxonlar qatnovi va berilgan adabiyotlar statistikasini olib borish, markazni avtomatlashtirish ishlariga qatnashish kabi vazifalarni bajaradi.
Elektron-axborot resurslari va ilmiy-uslubiy boʻlimi ARM ning elektron kutubxona bazasini, takomillashtirish, toʻliq matnli elektron bazasini rivojlantirish, foydalanuvchilarni elektron resurslardan foydalanishlarini ta’minlash, elektron resurslar roʻyxatini kengaytirish, markazni texnik jihozlash, saqlanishini ta’minlash, axborot bilan ta’minlash xizmati sifatini oshirish, elektron resurslar fondini hisobga olish, joylash, saqlash, nazorat qilish, kutubxona fondidagi adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazish va qayta ishlash, elektron resurslarni qonunda belgilangan tartibda elektron platformalar va ta’lim tarmoqlariga joylashtirish, xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanishni ta’minlash hamda markazning faoliyatida ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil qilish, davriy nashrlar, ilmiy maqolalar elektron katalogini va kartotekasini yuritish, obuna ishlarini tashkil qilish, davriy nashrlar inventarizatsiyasini olib borish, bibliografik ko‘rsatkichlar tuzish, yangi texnologiyalarni o‘rganish va tatbiq qilish kabi vazifalarni bajaradi.