Meteorologiya va iqlimshunoslik
Meteorologiya va iqlimshunoslik yo‘nalishi ilmiy jihatdan tabiatdagi atmosfera hodisalarini o‘rganish va ularning o‘zgaruvchanligini tahlil qilish bilan bog‘liq. Ushbu yo‘nalishning klassifikatsiyasi odatda quyidagicha bo‘ladi:
1. Umumiy meteorologiya, atmosferaning fizikasi, atmosferaning kimyosi, issiqlik va namlik muvozanati, shamollar va havo harakatlari
2. Sinoptik meteorologiya, ob-havoni qisqa muddatli bashorat qilish, atmosfera frontlari va tsiklonlar tahlili, xaritalar va sinoptik usullar orqali kuzatish
3. Dinamik meteorologiya
atmosferadagi harakatlarni matematik modellashtirish, tenglamalar asosida ob-havo jarayonlarini tushuntirish
4. Iqlimshunoslik (Klimatologiya), uzoq muddatli ob-havo o‘zgarishlarini tahlil qilish, iqlim tiplari va zonalarini aniqlash, global isish, iqlim o‘zgarishi
5. Agrometeorologiya, qishloq xo‘jaligi faoliyati uchun iqlim va ob-havoning ta’sirini o‘rganish, ekologik va meteorologik tavsiyalar ishlab chiqish
6. Gidrometeorologiya, suv manbalariga meteorologik ta’sir, Yomg‘ir, qor, muzlash kabi gidrologik omillarni tahlil qilish
7. Aeroekologiya va atrof-muhit meteorologiyasi, atmosferadagi ifloslanish darajasini o‘rganish, ekologik xavfsizlikni baholash
8. Aviatsion meteorologiya, parvoz xavfsizligi uchun ob-havoni tahlil qilish, samolyotlar uchun meteorologik axborot tayyorlash.

Umumiy ma'lumot
-
Yo'nalish kodi60811000
-
O'qish davomiyligi4 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiBakalavr
Asosiy fanlar
-
Meteorologiya va iqlimshunoslikka kirish
-
Dinamik meteorologiya
-
Gidrofizika va suv balansi tadqiqotlari
-
Meteorologiyada dasturlash tillari
-
Meteorologiyada axborot o‘lchov tizimlari
-
Sinoptik meteorologiya
-
Iqlimshunoslik
-
Meteorologik hisoblashlar
-
Umumiy gidrologiya
-
Gidrometriya
-
Agrometeorologiya
-
Meteorologik prognozlar
-
Aviatsion meteorologiya