• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Agrokimyo va tuproqshunoslik

Agrokimyo va tuproqshunoslik ta'lim yo'nalishi qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ilmiy asoslangan tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, tuproqlar holati monitoringi va sifatini baholashda geoaxborot tizimlaridan foydalanish, tuproq resurslari va atrof-muhit kimyosi muhofazasi, mahalliy va mineral oʼgʼitlardan oqilona foydalanishdagi inson faoliyati vositalari, usul va uslublarining majmuasini oʼzichiga oladi. Shuningdek, taʼlim yoʼnalishi-tuproqshunoslik va agrokimyoda ishlab chiqarish jarayonlarini sintez, tahlil qilish va yaxshilash, ekologik toza mahsulot sifatini taʼminlash usullarini qoʼllash;
tuproq, oʼsimlik va oʼgʼitlarning sifat tahlillarini oʼtkazish;
tuproq xaritalari va agrokimyoviy xaritanomalarni tuzish;
oʼgʼitlarni qoʼllash texnologiyasi va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar;
ekinlarga oʼgʼit qoʼllash tizimi;
tuproqshunoslik va agrokimyo sohasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni umumqabul qilingan uslublar boʼyicha olib borish, olingan natijalarga statistik ishlov berish kabi faoliyatlar bilan shugʼulanish imkonini beradi.
Agrokimyo va tuproqshunoslik

Umumiy ma'lumot

О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti
Agrokimyo va tuproqshunoslik
  • Yo'nalish kodi
    60810700
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavr

Asosiy fanlar

  • Geologiya va mineralogiya
  • Tuproqshunoslik
  • Agrokimyo
  • Dehqonchilik va melioratsiya
  • O‘simlikshunoslik
  • Mevachilik va sabzavotchilik
  • O‘simliklarni himoya qilish
  • Tuproq biologiyasi va kimyosi
  • Tuproq fizikasi
  • Agrokimyoviy tekshirish usullari
  • Yer kadastri va yer tuzish
  • Tuproqshunoslikda geoaxborot tizimlari
  • Tuproq va iqlim o‘zgarishi
  • Tuproq bonitirovkasi va xaritalash
  • O‘g‘it qo‘llash tizimi
  • Meliorativ tuproqshunoslik
  • Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
  • Fizika va agrometeorologiya
  • Eroziyashunoslik
  • Tuproq va atrof-muhit sifati
  • Tuproq unumdorligini oshirishda biotexnologiya
  • Tuproq monitoringi
  • Agrokimyoviy xaritanomalar tuzish
  • Tuproqlar geografiyasi
  • Yer degradatsiyasi iqtisodiyoti
  • Moliyaviy savodxonlik
  • Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
  • Noan’anaviy o‘g‘itlar
  • Agrokimyo va biosfera
  • Organik dehqonchilikda o‘simliklarni oziqlantirish
  • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
  • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash asoslari