Biotexnologiya
“Biotexnologiya” ta’lim yo‘nalishi agrar sohada zamonaviy biotexnologik usullar asosida innovatsion mahsulotlar yaratish, ekinlar va hayvonlar genofondini yaxshilash, o‘simliklar himoyasi, mikroorganizmlardan foydalanish orqali hosildorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlashni maqsad qiladi. Talabalar hujayra biologiyasi, molekulyar genetika, gen injiniringi, fermentatsiya texnologiyasi, mikrob biotexnologiyasi, bioinformatika va ekologik biotexnologiya kabi yo‘nalishlarda nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Ular zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ishlash, klonlash, DNK tahlili, biopreparatlar ishlab chiqarish kabi jarayonlarni o‘zlashtiradilar. Bitiruvchilar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, atrof-muhit muhofazasi, ilmiy-tadqiqot institutlari va xalqaro biotexnologik kompaniyalarda faoliyat yurita oladilar. Ushbu yo‘nalish O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik barqarorlik va innovatsion rivojlanish strategiyasida muhim o‘rin egallaydi.
Umumiy ma'lumot
-
Yo'nalish kodi60710200
-
O'qish davomiyligi4 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiBakalavr
Asosiy fanlar
-
Ixtisoslikga kirish
-
Mikrobiologiya
-
Biotexnologiya asoslari
-
Gen va xujayra muhandisligi
-
Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi
-
Tuproq unumdorligini oshirishda biotexnologiya
-
Biotexnologik jarayonlari va jixozlari
-
Mikrob biotexnologiyasi
-
O‘simliklarni himoya qilishda biotexnologiya
-
O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi
