Buxgalteriya hisobi
Buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishi biznes, boshqaruv ta’lim sohasiga oid yo’nalish bo’lib, agrar tarmoqda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning me’yoriy-huquqiy asoslari, asosiy vositalar hisobi va nomoddiy aktivlar hisobi, kapital qo‘yilmalar va ularning iqtisodiy mazmuni, tasniflanishi va turlari, uzoq muddatli investitsiyalar va ularni hisobda olish, tovar moddiy zahiralari va ulardan foydalanish hisobi, o‘stirishdagi va boquvdagi chorva mollarining hisobi, ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxni hisobga olish, pul mablag’larini hisobga olish, mehnat va unga haq to’lashni hisobga olish, hisobdor shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hisobining maqsadi va vazifalari, mol yetkazib beruvchi va xaridorlar bilan hisob-kitoblarning hisobi, korxonalarning moliyaviy faolliyatini tahlil qilish, qishloq xo‘jalik korxonalarilarining soliq tizimi, soliqqa tortish usullari bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lish, amaliy faolliyatida korxonalarda xarajatlar va tannarxni hisobga olishning optimal usullarini ishlab chiqish, buxgalteriya hisobi ishlarini yuritishnint zamonaviy axborot tizimlarini o‘rganish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Bitiruvchilar agrar tarmoqdagi barcha korxona va tashkilotlarda, qishloq xo‘jaligi klasterlarida, fermer va dehqon xo‘jaliklarida, mahalliy xokimiyatlarda, biznesning turli sohalarida moddiy, moliyaviy, axborot va servis oqimlari bilan bog’liq bo’lgan korxonalarda iqtisodchi-buxgalter, auditor, tahlilchi bo‘lib faoliyat yuritishlari mumkin.

Umumiy ma'lumot
-
Yo'nalish kodi60410200
-
O'qish davomiyligi4 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiBakalavr
Asosiy fanlar
-
Statistika
-
Biznesda buxgalteriya hisobi
-
Auditga kirish
-
Buxgalteriya hisobiga kirish
-
Boshqaruv hisobiga kirish
-
Soliqlar va soliqqa toritish
-
Iqtisodiy tahlil
-
Moliyaviy hisob asoslari
-
Moliyaviy hisob 1,2
-
Oraliq boshqaruv hisobi
-
Professional buxgalteriya amaliyoti
-
Moliyaviy hisobot tahlili
-
Davlat sektori buxgalteriya hisobi
-
Audit 1
-
Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompetentlik