• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Metrologiya va standartlashtirish

“Metrologiya va standartlashtirish” ta’lim yo‘nalishi zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida sifatni boshqarish, mahsulot va xizmatlarning xavfsizligini ta’minlash, hamda xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan. Ushbu yo‘nalishda tahsil oluvchi talabalar o‘lchash usullari, metrologik ta’minot, standartlashtirish tizimlari, sertifikatlashtirish jarayonlari, texnik reglamentlar, sifat menejmenti tizimlari (ISO 9001, ISO 22000, GLOBAL GAP va boshqalar) bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar ishlab chiqarish korxonalari, sinov va sertifikatlashtirish markazlari, nazorat organlari, laboratoriyalar, eksport-import xizmatlari, agrosanoat va oziq-ovqat xavfsizligi tizimlarida muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladilar. Mazkur yo‘nalish xalqaro tajribalarni o‘rganish va global standartlarga mos keladigan kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi. Amaliyotlar va laboratoriya mashg‘ulotlari orqali talabalar real ish sharoitida tajriba orttiradilar.

Metrologiya va standartlashtirish

Umumiy ma'lumot

Qishloq xо‘jaligi mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash fakulteti
Metrologiya va standartlashtirish
  • Yo'nalish kodi
    60710800
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavr

Asosiy fanlar

  • Metrologiya asoslari
  • Yo‘nalishga kirish
  • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
  • Standartlashtirish tizimi
  • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifat nazorati va sinov qurilmalari
  • O‘lchash usullari va vositalari
  • Mahsulotlar xavfsizligi va sifatini ta’minlash
  • Texnik jihatdan tartibga solish
  • Mahsulotlar ishlab chiqarishda xalqaro standartlar
  • Muvofiqlikni baholash akkreditatsiyalash