logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Muqobil energiya manbalari (turlari bо‘yicha)

Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muqobil va qayta tiklanuvchi energetika sohasiga tegishli ob’ektlar, jarayonlar, tizimlar, jihozlar va texnik vositalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha namunaviy texnologik jarayonlarini ishlab chiqarish va qo‘llash. Muqobil energiya manbalari energetik qurilmalarni ishlatishda muxandislik tizimlari va jihozlaridan foydalanish, energetik qurilmalarning qisimlari va detallari hamda elementlarini qo‘llash, quyosh fotoelektr stansiyalari, shamol elektr stansiyalari, bioyoqilg‘ilar, vodorod yoqilg‘isi, geotermal issiqlik elektr stansiyalari, gidroelektr, gidroakkumumulyatsion stansiyalar va kichik mikroGES va soha faoliyati bilan bog‘liq elektr va issiqlik energiyani ishlab chiqarish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasi “Energetika” vazirligi tizimidagi elektr ta’minoti korxonalarda va “Qishloq xo‘jaligi”, “Suv xo‘jaligi” vazirligining qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari, agrosanoat majmualarida va ishlab chiqarish muhandislik korxonalarida Muqobil energiya manbalari asosida elektr ta’minoti tizimlari, energetik qurilmalarini ishlab chiqarish, muqobil yoqilg‘i resurslarini ishlab chiqarish hamda muqobil energiya manbalari energetik qurilmalarini samarali loyihalash, ulardan foydalanish va tamirlash jarayonlarida energetik, elektr muhandis va turli mutaxassislik lavozimlarida ishlashlari mumkin.

Muqobil energiya manbalari  (turlari bо‘yicha)

Umumiy ma'lumot

Agromuhandislik va agrotexnologiya fakulteti
Muqobil energiya manbalari (turlari bо‘yicha)
  • Yo'nalish kodi
    60711000
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavriyat

Asosiy fanlar

  • Muhandislik va kompyuter grafikasi
  • Hayot faoliyati xavfsizligi
  • Elektr texnik materiallar. Elektr uskunalarning montaji
  • Ananaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari
  • Elektrotexnikaning nazariy asoslari
  • Elektronika va mikroprotsessor texnikasi
  • Termodinamika va issiqlik energiyasidan foydalanish
  • Metrologiya va nazorat o‘lchov asboblari
  • Quyosh energetikasi
  • Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
  • Shamol energetikasi
  • Gidroenergetika
  • Biomassa energetikasi va qurilmalari
  • Elektr mashina va elektr yuritmalar
  • Rele himoyasi va avtomatika
  • Energiya ta’minoti va akkumlyatsiyasi
  • Qayta tiklanuvchi energiya tizimlari diagnostikasi va ishonchliligi
  • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ekspluatatsiyasi
  • Avtomatikaning texnik vositalari
  • Qayta tiklanuvchi energiya tizimlarini loyihalash
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.