logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

O‘simliklar himoyasi va karantini

O‘simliklar himoyasi va karantini fani qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazuvchi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarning biologik va ekologik xususiyatlari, tarqalish areali va ularga qarshi kurashishning zamonaviy, ekologik xavfsiz va samarali usullarini o‘rganadi.
Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari o‘simliklar himoyasi va karantini sohasida chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan mutaxassislardir. Ular fitosanitar nazorat idoralari, o‘simliklar karantini xizmatlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, laboratoriyalar, agrofirma va fermer xo‘jaliklari hamda eksport-import mahsulotlarini nazorat qiluvchi tashkilotlarda faoliyat yuritishlari mumkin.
Ta’lim jarayoni fitopatologiya, entomologiya, o‘simliklar karantini, himoya vositalari texnologiyasi, integratsiyalashgan zararkunanda nazorati, agroekologiya va diagnostika fanlari asosida olib boriladi. Amaliyotlar karantin laboratoriyalari, dala-tajriba stansiyalari, fitosanitar xizmatlar va ilmiy-tadqiqot institutlarida o‘tkaziladi.
Bitiruvchilarni tayyorlovchi asosiy kafedra O‘simliklarni himoyasi va karantini kafedrasidir.

O‘simliklar himoyasi va karantini

Umumiy ma'lumot

О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti
O‘simliklar himoyasi va karantini
  • Yo'nalish kodi
    60810500
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavr

Asosiy fanlar

  • Umumiy entomologiya va hashoratlar sistematikasi
  • Umumiy fitopatologiya va mikrobiologiya
  • O‘simliklarning karantin zararkunandalari va kasalliklari
  • O‘simliklar karantinida fitosanitar nazorat va diagnostika
  • Issiqxona ekinlarini himoya qilish
  • Qishloq xo‘jaligi entomologiyasi
  • Qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi
  • O‘simliklarni biologik himoya qilish
  • O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish va agrotoksikologiya
  • O‘simliklar va maxsulotlar karantinida fitoekspertiza
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.