logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Oziq-ovqat texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

Oziq-ovqat texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – Ishlab chiqarish texnologiyalari sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, yog’-moy, non, makaron va qandolat mahsulotlari, vino, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyalariga oid korxonalar xom-ashyosini qabul qilish va saqlash, mahsulot ishlab chiqarish texnologik jihozlarni boshqarish, yordamchi materiallar va mahsulotlarning sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Bitiruvchilar davlat va nodavlat, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari, soha korxonalarida muhandis-texnolog va rahbar lavozimlarida faoliyat yuritishlari mumkin.

Oziq-ovqat texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

Umumiy ma'lumot

Qishloq xо‘jaligi mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash fakulteti
Oziq-ovqat texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
  • Yo'nalish kodi
    60720100
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavr

Asosiy fanlar

  • Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar
  • Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
  • Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari
  • Oziq-ovqat kimyosi
  • Oziq-ovqat biokimyosi
  • Mikrobiologiya
  • Oziq-ovqat xom ashyosi va tovarshunosligi
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini fizik-kimyoviy tadqiq qilish usullari
  • Go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi
  • Non, makaron va qandolat mahsulotlari texnologiyasi
  • Un, yorma va omuxta yem ishlab chiqarish texnologiyasi
  • O‘simlik moylarini ishlab chiqarish texnologiyasi
  • Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.