• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Qishloq xо‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qо‘llash

Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash ta’lim yo‘nalishi qishloq xoʻjaligida insonning jismoniy (qoʻl) mehnatini mashina va mexanizmlar bilan bajarish, samaradorligini oshirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash, qishloq xoʻjaligining mahsuldorligi seleksiya, kimyolashtirish va boshqa bilan bir qatorda barcha turdagi qishloq xoʻjaligi ishlarini mexanizatsiyalash darajasi bilan belgilanadi. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlardan biri -mehnatning energiya bilan qurollanishi [ishlab chiqarish jarayonida mehnatning barcha turdagi (elektr, mexanik va issiqlik) energiya bilan taʼminlanish darajasini ifodalovchi koʻrsatkich] va texnika foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi korxonalarda va “Qishloq xo‘jaligi” vazirligining qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari, agrosanoat majmualarida va ishlab chiqarish muhandislik korxonalarida etakchi muhandis, muhandis-texnolog, yetakchi muhandis, muhandis-konstruktor, bosh injener, muhandis-konstruktor, muhandis-mexanik, servis xizmati bo‘yicha bosh mutaxassis va turli mutaxassislik lavozimlarida ishlashlari mumkin.

Qishloq xо‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qо‘llash

Umumiy ma'lumot

Agromuhandislik va agrotexnologiya fakulteti
Qishloq xо‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qо‘llash
  • Yo'nalish kodi
    60810400
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavr
  • Xalqaro akkreditatsiya
    Mavjud emas

Asosiy fanlar

  • Qishloq ho‘jaligi muhandislik asoslari
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
  • Nazariy mexanika
  • Mashina detallari va loyixalash asoslari
  • Yonilg‘i moylash materiallari
  • Termodinamika va issiqlik energiyasidan foydalanish
  • Hayot faoliyati xavfsizligi
  • Qishloq ho‘jaligi mashinalari
  • Traktorlar va avtomobillar
  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
  • Raqamli qurilmalarning dasturiy ta’minoti
  • Materiallar qarshiligi
  • Resurs tejamkor texnika va texnologiyalar
  • Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
  • Gidravlika va gidravlik tizimlar
  • Aniq qishloq ho‘jaligi tizimlari
  • Qishloq ho‘jalik texnikalaridan foydalanish va texnik servis
  • Chorvachilik texnikasi va texnologiyalari
  • Innovatsion texnika, texnologiya va ularning transferi