Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
Raqamli iqtisodiyot – raqamli texnologiyalar asosida iqtisodiy jarayonlarni boshqarish, axborot tizimlari yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish, iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish va zamonaviy bozor munosabatlarini chuqur о‘rganishga qaratilgan.
Ushbu yо‘nalish talabalari raqamli iqtisodiyot nazariyasi, axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, ma’lumotlar tahlili, elektron tijorat, fintex, makro va mikroiqtisodiyot, sun’iy intellekt, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, menejment va raqamli marketing sohalari bо‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bо‘ladilar.
Raqamli iqtisodchi — iqtisodiy tahlil, raqamli qaror qabul qilish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, onlayn platformalarni rivojlantirish, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar tahlili asosida strategiyalar ishlab chiqish kabi sohalarda talab yuqori bо‘lgan mutaxassisdir. U bozorlarni raqamli tahlil qiladi, iqtisodiy jarayonlarni boshqaradi va raqamli texnologiyalar yordamida samaradorlikni baholaydi.
Bitiruvchilar banklar, moliya-texnologiya va IT-kompaniyalar, elektron tijorat tashkilotlari, raqamli transformatsiya bо‘limlari, davlat va xususiy korxonalarda raqamli iqtisodchi, analitik va menejer sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
«Agroiqtisodiyot» kafedrasi raqamli iqtisodchi mutaxassislarini tayyorlashda ma’sul kafedra hisoblanadi.
Umumiy ma'lumot
-
Yo'nalish kodi60310500
-
O'qish davomiyligi4 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiBakalavr
Asosiy fanlar
-
Amaliy matematika 1, 2
-
Iqtisodiyot nazariyasi 1, 2
-
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar
-
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi
-
Statistika
-
Ekonometrika
-
Dasturlash asoslari
-
Raqamli iqtisodiyot
-
Yashil iqtisodiyot
-
Makroiqtisodiyot
-
Big-data tahlilash usullari
-
Sun'iy intelekt 1,2
-
Iqtisodiy xavfsizlik
-
Bulutli hisoblash
-
Raqamli marketing
-
Raqamli biznes modellar
-
IT Loyiha boshqaruvi
