• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqariihni avtomadashtirish ta’lim yo‘nalish bu yer, suv, energetika va moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetishtirishda qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari, Chorvachilik va parrandachilik komplekslari, issiqxona xo‘jaliklari, baliqchilik xo‘jaliklari, agroklasterlar va kooperatsiyalar, yirik mashina traktor parklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha agrosanoat korxonalri kabi zamonaviy Smart va robotlashtirish texnologiyalarni qo‘llash va kasbiy faoliyatida ishlab chiqarish vositalaridan oqilona foydalanish sohalarida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasi “Energetika” vazirligi tizimidagi elektr ta’minoti korxonalarda va “Qishloq xo‘jaligi”, “Suv xo‘jaligi” vazirligining qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari, Agrosanoat majmuida foydalanilayotgan avtomatik qurilmalarga, avtomatlashtirish tizimlariga profilaktik va servis xizmati ko‘rsatish tizimlarida va ishlab chiqarish muhandislik korxonalarida elektrik avtomatchik, texnolok muhandis va turli mutaxassislik lavozimlarida ishlashlari mumkin.

Texnologik jarayonlar va  ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

Umumiy ma'lumot

Agromuhandislik va agrotexnologiya fakulteti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
  • Yo'nalish kodi
    60710900
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavr

Asosiy fanlar

  • Muhandislik va kompyuter grafikasi
  • Nazariy mexanika
  • Elektrotexnika va elektronika
  • Boshqarish tizimlarining elementlari va qurilmalari
  • Kompyuter tizimlari va tarmoqlari
  • Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari
  • Avtomatik boshqarish nazariyasi
  • Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari
  • Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash, o‘rnatish va sozlash
  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish