Tuproq bonitirovkasi va yer degradatsiyasi
Tuproq bonitirovkasi va yer degradatsiyasi ta’lim yo‘nalishi fan va qishloq xо‘jaligi sohasidagi yо‘nalish bо‘lib, tuproq unumdorligini belgilovchi xususiyatlarga qarab yerni sifat jihatidan aniq baholash usullaridan biri. Uni unumdorligi bо‘yicha baholash (bonitirovka qilish), ya’ni yerning eng muhim, agronomik xususiyatlariga kо‘ra unga ball bilan nisbatan solishtirma baho qо‘yish bо‘lib, bu fermer kadastrda muhim о‘rin tutadi. Unumdorlik bо‘yicha baholash – agrotexnikaning va dehqonchilikni intensivlashning о’rtacha darajasida tuproqning sifatiga hamda unumdorlik xususiyatiga nisbatan baho berish demakdir. Respublikamizning yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, qishloq xo’jaligi ekinlari hosilini aniqroq rejalashtirish yerlarni har tomonlama sifatli baholashni taqozo etadi. U qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ilmiy asoslangan tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, tuproq resurslari va atrof-muhitni muhofaza qilish usul va uslublarining majmuasini о‘z ichiga oladi.

Umumiy ma'lumot
-
Yo'nalish kodi60810300
-
O'qish davomiyligi4 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiBakalavr
Asosiy fanlar
-
Geologiya va mineralogiya
-
Kartografiya
-
Tuproqshunoslik
-
Agrokimyo
-
Dehqonchilik va melioratsiya
-
Yer kadastri va yer tuzish
-
O‘simliklarni himoya qilish
-
Tuproq biologiyasi va kimyosi
-
Tuproq fizikasi
-
Tuproq va o‘simliklar diagnostikasi
-
Meliorativ tuproqshunoslik
-
Tuproq bonitirovkasi va xaritalash
-
Yer resurslaridan foydalanish va innovatsion texnologiyalar
-
Tuproq degradatsiyasi va rekultivatsiyasi
-
Tuproqshunoslikda geoaxborot tizimlari
-
O‘g‘it qo‘llash tizimi
-
Tuproq va iqlim o‘zgarishi
-
Yer huquqi
-
Eroziyashunoslik
-
Tuproq va atrof-muhit sifati
-
Agrokimyoviy xaritanomalar tuzish
-
O‘simlikshunoslik
-
Tuproq unumdorligini oshirishda biotexnologiya
-
Noan’anaviy o‘g‘itlar
-
Tuproq monitoringi
-
Tuproqlar geografiyasi
-
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
-
O‘zbekiston tuproqlari va ulardan samarali foydalanish
-
Yer degradatsiyasi iqtisodiyoti
-
Moliyaviy savodxonlik
-
Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish