Veterinariya medetsinasi (faoliyat turlari bo'yicha)
Veterinariya” sohasidagi bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, veterinariya xizmatini tashkil etish, aholini zooantroponoz kasalliklardan himoya qilish va oldini olish bo‘yicha zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, loyihalash va tashkil etish, me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, qishloq xo‘jalik, uy hayvonlari, mo‘ynali, ekzotik va yovvoyi hayvonlar, parrandalar, asalarilar va baliqlarga veterinariya xizmati ko‘rsatish faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va uning viloyat boshqarmalari, tuman va shahar bo`limlari, Mudofaa, Ichki ishlar, Bojxona, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Davlat chegarasi va transporti veterinariya xizmati, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalari sifati va muomilasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazi, Kinologiya markazi, Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi hamda uning viloyat, tuman va shaharlardagi hududiy laboratoriyalari va xususiy veterinariya tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritishlari mumkin.

Umumiy ma'lumot
-
Yo'nalish kodi60840100
-
O'qish davomiyligi5 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiBakalavr
Asosiy fanlar
-
Veterinariya zoologiyasi
-
Veterinariyada kasb etikasi
-
Hayvonlar anatomiyasi
-
Hayvonlar genetikasi va urchitish asoslari
-
Sitologiya, gistologiya va embriologiya
-
Hayvonlarni oziqlantirish
-
Hayvonlar biokimyosi
-
Hayvonlar fiziologiyasi
-
Veterinariya mikrobiologiyasi va immunologiyasi
-
Hayvonlar patofiziologiyasi
-
Veterinariya virusologiyasi
-
Klinik diagnostika
-
Veterinariya farmakologiyasi
-
Operativ xirurgiya va topagrafik anatomiya
-
Patologik anatomiya, gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasi
-
Veterinariya akusherligi
-
Umumiy va xususiy veterinariya xirurgiyasi
-
Parazitologiya va invazion kasalliklar
-
Ichki yuqumsiz kasalliklar
-
Epizootoligiya va infeksion kasalliklar
-
Veterinariya toksikologiyasi