logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Veterinariya sanitariya ekspertizasi

Veterinariya sohasidagi bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, veterinariya tashkilotlarida hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda mehnat faoliyatini tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqadigan zooantroponoz kasalliklaridan aholini himoya qilish va oldini olish bo’yicha zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, qushxonalar va go’sht markazlari, chorva mahsulotlararini qayta ishlash korxonalari, lagistika markazlari, zaxira oziq-ovqat omborlari, dehqon bozorlaridagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari, hayvonlar kasalliklariga tashxis qo’yish markazlarida veterinariya sanitariya ekspertizasiga oid kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar.
Bitiruvchilar veterinariya tashkilotlarida, oziq-ovqat havfsizlik davlat markazlarida, logistika markazlarida, chorvachilik va o’simlik oziq ovqat mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar, dehqon bozoridagi veterinariya sanitariya ekspertizasi laboratoriyalarida, zaxira oziq ovqat omborlarida, hayvon kasalliklari tashxisi va oziq ovqat mahsulotlari havfsizligi davlat markazlari, iqtisoslashgan so’yish maydonchalari va savdo obektlari, Mudofaa, Ichki ishlar, Bojxona, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Davlat chegarasi va transporti veterinariya xizmati, hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda veterinariya sanitariya ekspertizasi mutaxasisligi bo’yicha faoliyat yuritishlari mumkin.

Veterinariya sanitariya ekspertizasi

Umumiy ma'lumot

Zooinjeneriya fakulteti
Veterinariya sanitariya ekspertizasi
  • Yo'nalish kodi
    60840300
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavr

Asosiy fanlar

  • Hayvonlar anatomiyasi
  • Laboratoriya ishi asoslari
  • Hayvonlar biokimyosi
  • Veterinariyada kasb etikasi
  • Zoogigiena va chorvachilik binolarini loyihalash
  • Hayvonlar fiziologiyasi
  • Veterinariya mikrobiologiyasi va immunologiyasi
  • Baliq va asalari kasalliklari
  • Hayvonlar parazitologiyasi
  • Veterinariya virusologiyasi
  • Veterinariya farmokologiyasi va toksikologiyasi
  • Patologik anatomiya, gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasi
  • Parazitologiya va invazion kasalliklar
  • Veterinariya sanitariya ekspertizasi
  • Veterinariya ishini tashkil etish, iqtisodi va qonunchiligi
  • Epizootologiya va infeksion kasalliklar
  • Sut va sut mahsulotlarini veterinariya sanitariya ekspertizasi
  • Tovarshunoslik, biologik xavfsizlik va tovarlar ekspertizasi
  • Sud veterinariya sanitariya ekspertizasi
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.