• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Yer kadastri va yer tuzish

Yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiiy, xoʻjalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalari oʻrni, oʻlchamlari, chegarasi va maydoni, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar oʻrtasidagi taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda hujjatlar majmui.
Yer tuzish, yer tuzish tartibi — mamlakatda yerga boʻlgan munosabatlarni tartibga solish va mukammallashtirish, yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida muhofaza qilish va undan samarali foydalanishga qaratilgan davlat tadbirlari tizimi. Yerdan toʻliq ilmiy asoslangan tarzda oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, dehqonchilik madaniyatini oshirish va yerlarni muhofaza qilish maqsadlarini koʻzlaydi. Yer tuzish loyiha qidiruv, joy tafsilotini (syomka) va dala tadqiqoti ishlarini oʻz ichiga oladi, uni yer tuzuvchi tashkilotlar amalga oshiradi. Yer tuzish yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil qilishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki xoʻjalik yer tuzish rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini oʻz ichiga oladi.

Yer kadastri va yer tuzish

Umumiy ma'lumot

О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti
Yer kadastri va yer tuzish
  • Yo'nalish kodi
    60811600
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavr

Asosiy fanlar

  • Kartashunoslik
  • Davlat kadastri asoslari
  • Yer tuzish asoslari
  • Tuproqshunoslik va dehqonchilik
  • Yer tuzishda geodezik ishlar
  • Yer resurslarini boshqarish
  • Yer tuzishda iqtisodiy-matematik usullar va modellar
  • Yer kadastri
  • Yer tuzishni loyihalash (xo‘jaliklararo yer tuzish, xo‘jaliklarda ichki yer tuzish)
  • Aholi punkti yerlari kadastri
  • Yer resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va prognozlash
  • Yer huquqi
  • Yer monitoringi
  • Yerdan foydalanish ekologiyasi
  • Yer kadastri va yer tuzish ishlarini rejalashtirish va tashkil qilish
  • Yer kadastri va yer tuzish ishlarini avtomatlashtirish tizimlari
  • Yer tuzish iqtisodi
  • Landshaftli yer tuzish