Kafedra qishloq xo‘jaligiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha yetuk mutaxassislarini tayyorlab, agrar sohaga raqamlashtirish va aqlli texnologiyalarni qo’llash bo‘yicha amaliy bilimga ega mutaxassislarni yetkazib bermoqda.
Kafedra qishloq xo‘jaligida ishlab-chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini axborot tizimlari orqali boshqarish, ekinlar hosildorligi va mahsulot sifatini oshirishda aqlli texnologiyalardan foydalanish kabi kasbiy sohalarda innovatsion yondashuvni ilgari suradi. Talabalar amaliy mashg’ulotlar orqali, IT sohada tajriba orttiradilar.
Kafedra yuqori salohiyatga ega
- 31 nafar professor-o‘qituvchilar
2 nafar doktorantlar
6 nafar magistrlar
- Ilmiy salohiyat — 58 %
- 3 nafar fan doktori, 15 nafar fan nomzodi
- 85% bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashmoqda
Kafedra zamonaviy yondashuvga ega
Kafedra jamoasi xalqaro va mahalliy ilmiy loyihalarda ishtirok etib, ekinlar hosildorligini va chorva mollari mahsuldorligini oshirishda aqlli texnologiyalarni, sohani boshqarishda sun’iy intellektga asoslangan raqamli platformalardan foydalanish va barcha turdagi resurslardan optimal foydalanish masalalari bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda.