logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ipakchilik va tutchilik

Kafedra Ipakchilik va tutchilik kafedrasi zamonaviy tut plantatsiyalarini barpo etishda va  ipakchilik bo‘yicha yetuk agronom (ipakchi) mutaxassislarni tayyorlab, agrar sohaga amaliy bilimli mutaxassislarni yetkazib bermoqda.

 

Kafedraning asosiy faoliyat yо‘nalishi – Fermer xo‘jaliklarida ipak qurti boqish va uning ozuqa bazasini mustahkamlash texnologiyasi, Tut ipak qurtining toza sanoat duragaylarini yaratishda tuxumlik davrida jinslari bo‘yicha nishonlangan zotlarni tanlash va takomillashtirish, Tutning yangi navlarini ko‘paytirish, Tut ipak qurtining kapalaklari hayoti davomiyligi asosida yangi seleksiya tizimlarini baholash, Ipak tolasi sifatini yaxshilash, Tut ipak qurtini issiqga chidamli zotlarini yaratish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha innovatsion yondashuvni ilgari suradi. Talabalar amaliy mashg‘ulotlar orqali bilim va ko‘niklma, tajriba orttiradilar.

 

Kafedra yuqori salohiyatga ega

 

  • 16 nafar professor-o‘qituvchilar
  • 1 Nafar doktorantlar
  • 1 Nafar magistrlar
  • Ilmiy salohiyat — 70%
  • 5 nafar fan doktori, 6 nafar fan nomzodi, 2 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar assistent
  • 85% bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashmoqda

 

Kafedra  zamonaviy yondashuvga ega

 

Xorijiy tajriba asosida, ilm-fan, amaliyot va innovatsiyani uyg‘unlashtirgan ta’lim orqali ipakchilik sanoati uchun xom ashyo yetkazib berish, yangi qurt zotlari va duragaylarini yaratish hamda intensiv tutzorlar barpo qilishga hissa qo‘shish.

Daniyarov Umirzak Tuxtamurodovich

Daniyarov Umirzak Tuxtamurodovich

Kafedra mudiri

Bakalavr

Magistratura

Xodimlar

  • Daniyarov Umirzak Tuxtamurodovich
    Daniyarov Umirzak Tuxtamurodovich
    Kafedra mudiri
  • Umarov Shavkat Ramazonovich
    Umarov Shavkat Ramazonovich
    Professor
  • Navruzov Sobir Navruzovich
    Navruzov Sobir Navruzovich
    Professor
  • Raxmonberdiev Vaxobjon Karimovich
    Raxmonberdiev Vaxobjon Karimovich
    Professor
  • Bekkamov Chorshanbi Ismailovich
    Bekkamov Chorshanbi Ismailovich
    Professor
  • Mirzaeva Yorkinoy Yarkulovna
    Mirzaeva Yorkinoy Yarkulovna
    dotsent
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.