Toshkent davlat agrar universiteti “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, talabalarni sog‘lom va baquvvat qilib tarbiyalash, sog‘lom turmushi tarzini o‘rgatish, sport sohasini rivojlantirish va musobaqalar orqali iqtidorli talabalarni saralab olish va mamlakatimiz olimpiya terma jamaolariga tarkibiga kiritish vazifalarini bajarib kelmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport kafedrasida ikkita sport kompleksi joylashgan bo‘lib unda: basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, mini futbol, suzish, boks, atletika va gimnastikaga moslashtirilgan sport zallari mavjud.
Shuningdek, “Unversiada” sport musobaqalarida ham yuqori natijalarga erishgan, jumladan, birgina Samarqand shahrida o‘tkazilgan, «Universiada-2004» musobaqalarida 12 ta sport turlarida qatnashib 5 ta oltin 26 ta kumush medali bilan faxrli birinchi o‘rinni egallashgan.
Hozirgi kunda ham jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tarbiyalanuvchilari jahon arenalarida munosib ishtirok etib kelishmoqda.