Kafedra Zooinjeneriya (turlar bо‘yicha), Suv bioresurslari va akvakultura, Professional ta’lim (Veterinariya medetsinasi), Veterinariya medetsinasi (faoliyat turlari bо‘yicha), Veterinariya sanitariya ekspertizasi sohalarida agrar sohaga amaliy bilimli mutaxassislarni yetkazib bermoqda.
Kafedraning asosiy faoliyat yо‘nalishi – qishloq xо‘jalik hayvonlarini boqish, maxsulotlarini yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarini о‘rgatish va joriy etish hamda hayvonlar kasalliklarining profilaktikasi va davolash bo‘yicha innovatsion yondashuvni ilgari suradi. Talabalar amaliy mashg‘ulotlar orqali bilim va ko‘niklma, tajriba orttiradilar.
Kafedra yuqori salohiyatga ega
- 45 nafar professor-o‘qituvchilar
- 10 Nafar doktorantlar
- 16 Nafar magistrlar
- Ilmiy salohiyat — 62 %
- 8 nafar fan doktori, 19 nafar fan nomzodi
- 85 % bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashmoqda
Kafedra zamonaviy yondashuvga ega
Xorijiy tajriba asosida, ilm-fan, amaliyot va innovatsiyani uyg‘unlashtirgan ta’lim orqali ekologik toza chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga hissa qo‘shish.